Yaqin-yaqindan buyon doʻkonlar tokchalarida “Halol” sertifikatiga ega boʻlgan MacCaldo tez tayyorlanadigan ugralari solingan yorqin ranglardagi qadoqlar koʻzga tashlanmoqda. Ularning noodatiy taʼmi, xamirining sifati va tayyorlashdagi qulayligi koʻplab xaridorlar tomonidan yuqori baholanib ulgurdi. Biroq, ushbu mahsulotlarning sifati ortida yuqori texnologiyalar kuchi turganligini fahmlaganlar koʻp deyish qiyin.

Zamonaviy dunyoda odamlar mazali va foydali taomlar isteʼmol qilishlari kerak va shu bilan bir qatorda ovqat tayyorlashga ketadigan vaqtini tejashlari va uni oʻzining yaqinlari va qadrdonlariga bagʻishlashlari kerak. Bu gʻoya MacCaldo kompaniyasi asoschisini sifatli va foydali tez tayyorlanadigan ugra ishlab chiqarishga ilhomlantirdi. Ugra oʻziga xos taʼmi bilan ajralib turishi va jozibali narxga ega boʻlishi kerak edi. Ushbu gʻoyani amalga oshirish uchun xorijlik texnologlar va muhandislar taklif etildi. Qisqa muddat ichida ishlar shu darajada keng koʻlam oldiki, muzokaralar olib borish va brendni ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida butun bir MacCaldo zavodi ham qurib bitirildi.
Qurilish juda qizgʻin olib borildi va MacCaldo zavodi 2021-yil yanvar oyida toʻliq foydalanishga tayyor holga keldi. Oʻsha paytdan boshlab zavod bozorda oʻxshashi boʻlmagan asl mahsulotni ishlab chiqarishni boshladi. Ugraning oʻziga xos va takrorlanmas taʼmi tezda xaridorlarning mahsulotimizga boʻlgan mehrini qozonishga imkon berdi.
Kompaniya rahbariyati birinchi navbatda yuqori texnologiyalar davri talablariga mos harakat qilishga intilishdi. Maʼlumki, Yaponiyada eng ilgʻor texnologiyalardan foydalaniladi, shunday qilib, zavod ishini Yaponiya texnologiyasi bilan ta’minlash to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu ishlab chiqarishda inson omilini minimallashtirishga va shu bilan birga yuqori tezlikda, yuqori sifatli tovarni ishlab chiqarishga imkon berdi. Hozirgi kunda 6000 m2 dan ortiq ishlab chiqarish maydonida atigi 40 kishi ishlaydi, chunki ish hajmining 80% dan ortigʻi avtomatlashtirilgan konveyer liniyalari va zamonaviy uskunalar yordamida bajariladi.
MacCaldo brendining yuqori maqomi xalqaro sertifikatlar bilan tasdiqlangan. Shuningdek, korxonada ISO 22000 standartiga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi joriy etilgan. Bu tizim asosida olib borilgan ishlar tufayli kompaniya mahsulotning sifati va xavfsizligi borasidagi juda qatʼiy mezonlar boʻyicha beriladigan “Halol” sertifikatini olishga sazovor boʻldi.
Kelgusida kompaniya maksimal ishlab chiqarish tezligi va sifatiga erishish uchun toʻliq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga oʻtishni rejalashtirmoqda.
Qisqa vaqt ichida MacCaldo oʻzining butun Oʻzbekistonni sifatli ugra bilan taʼminlashga qodir barqaror va keng koʻlamli ishlab chiqarishi bilan obroʻ qozonishga ulgurdi. Xodimlarning tinimsiz mehnati va yuqori darajada rivojlangan yapon texnologiyalari hisobiga ishlar bir maromda, tartibli olib borilmoqda.