YANGILIKLAR

Yangilangan Halol!

Halol sertifikati har yıl yangilanadi! Yang 2023 yılda Maccaldo kompaniyasi Halil sertifikatini qayta tekshiruv bilan yangiladi!

MacCaldo uchun yangi qutilar!

Mazali va istalgan MacCaldo uchun yangi ixcham va qulay qutisini kontseptiyasi. Biz koproq qulaylik va sig'im uchun yangi quti shaklini ishlab chiqdik, shuningdek, katta hajmdagi do'konlar va mijozlar uchun qulay bo'ladi.

Tez kunda, MacCaldo lapshalari qatori kengaymoqda!

Kompaniyamiz sizga yangi mahsulot, yangi qadoqda va yangi vazn toifasini ko'rsatishni intiqlik bilan kutmoqda! Ayniqsa, 50g va 90g ortiqcha yetishmayotganlar uchun yangi 75g lapshalarni e'lon qilishga tayyorlanyapmiz.

MacCaldo endi Halol!

2021 yilning 29-aprel kuni MacCaldo kompaniyasi ISO (xalqaro standartlash tashkiloti) asosida “Halol” sertifikatini olishga musharraf bo’ldi. Albatta bu yutuqning orqasida tinimsiz mehnat va ulkan harakatlar yotadi. Sertifikatni qo’lga kiritganimiz, bizning mahsulot - MacCaldo tez tayyor bo’luvchi lag’moni - butun ishlab chiqarish jarayoni davomida: homashyoni olishimizdan boshlab, qadoqlash va sotishgacha – ekologik va xavfsizlik nuqtai na’zaridan g’oyatda yuqori talablarga javob bera olishini bildiradi. Bundan tashqari, Halol sertifikati MDX davlatlari bilan o’zaro hamkorlikni kengaytirishga va chet mamlakatlarga eksportni yo’lga qo’yish uchun katta imkoniyatlar beradi.

MacCaldo kompaniyasi kengaymoqda!

MacCaldo kompaniyasi kengaymoqda! Faxrlanib aytamizki, endi yuqori sifatli lag’mon ta’midan nafaqat O’zbekiston aholisi, balki Tojikiston hamda Afg’oniston mamlakatlari yashovchilari ham baxramand bo’lishlari mumkin. Ushbu mamlakatlar bilan rasmiy aloqalar o’rnatib, mahsulotimizni yetkazib berishni kengaytirdik. O’zaro foydali hamkorlik o’rnatishimizga asos sifatida, mahsulotimiz ISO 22000 standarti bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimining mezonlariga to’g’ri kelishi va Halol sertifikatiga ega ekanligi keltirildi. Kompaniyamiz uchun chet mamlakatlar bozoriga chiqish juda ma’suliyatli qadam bo’lib, albatta jadal iqtisodiy rivojlanishga poydevor bo’la oladi.

MacCaldo ochiq eshiklar kuni!

2021 yilning 29-may kunida MacCaldo kompaniyasi Samarqanddagi ishlab chiqarish maydonida ochiq eshiklar kunini o’tkazdi. Press-turga jamoat faollari, blogerlar va OAV vakillari taklif qilindi. Mehmonlarga ishab chiqarishning har bir bosqichi tanishtirildi, avtomatlashgan konveyer yo’laklari faoliyati namoyish qilindi va zavodning 6000 m2 ga yaqin maydoni bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Tashrif buyurganlar ishlab chiqarish jarayoni sharoitlari, ishchilarning yuqori malakasi va zamonaviy Yapon texnologiyalari faoliyatini yuqori baholashdi. Mehmonlar zavodimizda ishlab chiqarish jarayoni barcha sanitar-gigienik normalarga amal qilishi va xalqaro standartlarga javob berishiga amin bo’lishdi. Bizning kompaniya o’z haridorlari oldida maksimal darajada ochiq va haqiqatgo’y bo’lishga harakat qiladi va yuqori sifat hamda xavfsizlikni kafolatlaydi.